Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 17 yilligi munosabati bilan Toshkent yuridik kollejida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolati” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Huquq-tartibot idoralari va qator jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Konstitutsiyamizning hayotimizdagi ahamiyati, ma’no-mazmuni hamda yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni xususida so‘z yuritildi. Читать полностью »
Yurtimizda davom etayotgan “Har bir farzandga mehr-e’tibor!” haftaligi rang-barang tadbirlar, ijtimoiy-ma’rifiy loyihalar, uchrashuvlar, anjumanlarga boy bo‘lmoqda. “Sen Yolg’iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar hamkorligida poytaxtimizda ikki kun davom etgan “Men va mening huquqlarim” mavzuidagi ikkinchi respublika bolalar forumi buning dalilidir. Читать полностью »
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 17 yillik bayrami tobora yaqinlashib kelmoqda. Men ana shu Bosh qomusimiz tengdoshi bo‘lganimdan faxrlanaman. Konstitutsiyaning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekani, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, maktab ishlari davlat nazoratida bo‘lishi qayd etilgan. Mamlakatimizda biz, yoshlarning bilim olishimiz, kasb-hunar o‘rganishimiz, har jihatdan komil insonlar bo‘lib voyaga yetishimiz uchun barcha sharoit yaratib berilgan.
Читать полностью »
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentabrda qabul qilingan «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyda «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Читать полностью »
yoxud hayotda uchrab turadigan ayrim muammolarni kimlardir artistlik yo`li bilan ijobiy hal etishi jahon adabiyotini o`qiganlar uchun sir emas. Bizning qahramonimiz ham chet el adabiyotini ko`proq oqiganini ushbu hikoyamizdan bilib olasiz. Ular haqidagi hajviy hangomamiz sizga ham manzur bo`ladi, degan umiddamiz.
Har kimga har xil iste`dod berilgan. Kamina mashhur kishilarning ovoziga o`xshatib gapirishni qiyvorardim. Bu rejessyorimizga mutlaqo yoqmasdi. Dashnom beravergach, burgaga achchiq qilib, ko`rpaga o`t qo`ygandek, bor-ye, deya qishloqqa qaytib keldim. San`at sahnasida o`rnimni topmasam-da, o`sha noyob «iste`dod» hayotda bir mansab qo`rg`onini qulatishda rosa ish bersa, deng!..
Читать полностью »
Ichiqoralik, g`alamislik bilan qo`yilgan qadamning oxiri voy bo`lar ekan. Hayotda hech bir yaxshi niyatga yomon yo`llar bilan erishib bo`lmasligi allaqachon o`z isbotini topgan. Yaqinda poytaxt shahrimizning ko`pqavatli uylaridan birida sodir etidgan mudhish jinoyat mahalladoshlarimning qalblarini larzaga soldi. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari shu ishga aralashmaganlarida bir begunoh inson tajovuz qurboniga aylanishi hech gap emasdi… Ushbu mudhish voqeani qalamga olishdan maqsad – odamlarni ogohlik va hushyorlikka da`vat etishdir.
Читать полностью »
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 17 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyatidagi ta’lim-tarbiya muassasalarida bir qator uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Samarqand shahridagi 121-maktabgacha ta’lim muassasasidagi navbatdagi «Konstitutsiya saboqlari» mashg‘ulotida tarbiyalanuvchilarning Bosh qomusimiz haqidagi tasavvur va ko‘nikmalari yaqqol namoyon bo‘ldi. Читать полностью »
Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi ekanini e’tiborga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” gi 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq: Читать полностью »
u hech qachon joy tanlamaydi, sevgiga tashna qalblar hatto o`g`irlikka borganda ham bir-biriga payvasta bo`lib ketaverar ekan…
Тengdoshlarimning kamolot yoshi sobiq mustabid tuzum davriga to`g`ri kelgan edi. Zamon qanaqa bo`lishidan qat`i nazar har bir davr yigit-qizlari qalblarida otash muhabbat tuyg`ulari jo`sh uraveradi. Ushbu hikoyamiz qahramonlari ham o`tgan asrning saksoninchi yillarida pok sevgini ardoqlagan avlodlardir. Faqat, ular ulg`aygan davrda o`g`irliklar ommaviy tus olganini bugun eslasang, kulishingni ham, kuyushingni ham bilmaysan… Bu g`aroyib voqea qaysidir tepakalning nomidagi “jamoa xo`jalik”da talon-tarojliklar avjiga chiqqan kezlarda yuz bergan edi…
Читать полностью »
Toshkent Fotosuratlar uyida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan “Yangi avlod – 2009” bolalar ijodiyoti respublika festivalining tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchilari ijodiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol shaxs sifatida tarbiyalab voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Читать полностью »
Свежие комментарии