Tasviriy san’at haftaligi -2008

Опубликовано Нигора Умарова 24.04.2008

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “O‘zbekiston tasviriy san’ati haftaligi” boshlandi. Shu munosabat bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda mohir musavvir va hunarmandlar, qo‘li gul ustalar, san’atshunos olimlar, o‘qituvchilar, talaba yoshlar ishtirok etmoqda. Читать полностью »

«Tilga ixtiyorsiz…»

Опубликовано Нигора Умарова 23.04.2008

Bir kuni sinfdoshimga “Stolovoy demay, oshxona degin” desam, undan “Ie, stolovoy boshqa narsa, oshxona uyda bo‘ladi” degan javobni eshitdim. Mana sizga maktab o‘quvchisining saviyasi. Ona tilimizdagi so‘zlarning farqiga bormasdan, ruscha so‘zlarni pala-partish ishlatish uni shu ahvolga solib qo‘ygan, shekilli. Читать полностью »

Tarixiy liboslar namoyishi

Опубликовано Нигора Умарова 17.04.2008

2.jpgO‘zbekiston san’ati qadim an’analarga boy, xalqimiz azaldan nafosatni badiiy ijodni sevib ardoqlaydi. O‘zbek xalqi nafaqat o‘z an’analarini, balkim jahon xalqlari madaniyati va an’analarini ham o‘rganishga kuchli ishtiyoq bildirib kelgan.

Tasviriy va amaliy san’atning ilk sarchashmalari xalqning teran ijodiga borib taqaladi. Ammo bu sohalarning malakali mutaxassislari bo‘lib yetishish uchun shularning o‘zigina kifoya qilmaydi. An’analarni o‘rganmoq, yangi bilimlarni o‘zlashtirish zarur.

Читать полностью »

Sahnada “Bir aktyor taqdiri”

Опубликовано Нигора Умарова 15.04.2008

al.jpg2008-yil “Yoshlar yili’ deb e’lon qilingan ekan, bu yil yoshlar turli sohada shu jumladan, teatr va kino sohasida ham o’z faolliklarni namoyon qilmoqdalar. Ana shunday yoshlardan biri Alisher Uzoqovdir.

Mana ikki yildirki Alisher Uzoqov O’zbek Milliy Akademik teatrida yetakchi aktyor bo’lib faoliyat yuritib kelmoqda. Uning tomoshabinlar sevib tomosha qiladigan “Gamlet”, “Xalala”, “Andishali kelin”, “Neksiya”, “Tun albatta o’tadi”, “Daraxtlar tik turib jon beradi”, “Omonat dunyo” spektakllarida ijro etgan rollari tahsinga sazovordir. Читать полностью »

Sohibqironning dono maslahatchisi

Опубликовано Нигора Умарова 9.04.2008

saroy.jpgAyol oila bekasi, millat tarbiyachisi, davlat, siyosat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida faol xizmat qiluvchi zotdir. Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ayollarning hayot davomchisi sifatidagi o‘rni qadrlangan, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatilgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida ayollar qadimdan siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotda katta rol o‘ynaganlar. Sharq ayollari ko‘p hollarda dono va adolatli maslahatlari, fikr-mulohazalari bilan saltanat ishlarida faol qatnashgan. Saroymulkxonim chig’atoy ulusiga mansub mo’g’ul xonlaridan Qozonxonning qizi bo’lib, 1341-yilda tug’ilgan.

Читать полностью »

Davr talabi

Опубликовано Акбар Нурматов 9.04.2008

Dunyo aholisining semirib ketishi texnik vositalarni ozdirib yubormoqda.

Sharp kompaniyasining dunyodagi eng yupqa televizorni ishlab chiqishi buning yana bir misoli. 25 kg og’irlikka ega yangi modelning diagonal uzunligi 52 dyum, qalinligi esa bor-yo’g’i 20 mm (2 sm)ni tashkil etadi. Og’irligi 30 kg, diagonal uzunligi 52 dyum bo’lgan so’nggi modelning qalinligi 90 mm (9 sm) o’lchovida chiqarilar edi. Sharp kompaniyasining bu yangi modeli hali sotuvga chiqarilmagan bo’lsa ham, nihoyatda ko’p buyurtma yig’ishga muvaffaq bo’ldi. Shuning uchun texnik guruh televizorga yana qanday qulayliklarni o’rnatish haqida bosh qotirmoqda.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi – tarix va ma’naviyat ko‘zgusi

Опубликовано Нозима Ташпулатова 8.04.2008

180px-toshkent_yodgorliklar_amir_temur_muzeyi.jpgIstiqlol yillarida milliy davlatchiligimiz tarixini chuqur o‘rganish va xolisona tadqiq etish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida bobokalonimiz Amir Temur shaxsi, jahon tarixidagi o‘rni, xalqimiz, Vatanimiz oldidagi xizmatlari qadr topdi.

 

Читать полностью »

Birinchi raqamli muzey

Опубликовано Комил Э. Ёриев 7.04.2008

Frantsiya poytaxti Parijda joylashgan Luvr muzeyi tomoshabinlar miqdori bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. The Art Newspaperning yozishicha, o‘tgan yilning o‘zida muzeyga 8,3 million kishi tashrif buyurgan.

Muzey xorijdan kelayotgan sayyohlarni ko‘proq jalb etmoqda. O‘tgan yili muzeyga kelgan tomoshabinlarning 67 foizi chet ellik mehmonlardir. Читать полностью »

Manbalar tilga kirganda

Опубликовано Нозима Ташпулатова 7.04.2008

1918245-p1010138-embed.jpgPrezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan boy tariximizni, bobolarimizning madaniy-ma’rifiy merosini qayta tiklash va asl holicha o‘rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda sohibqiron Amir Temurning nomini qayta tiklash, mintaqamiz va jahon tarixida tutgan o‘rnini asl holicha o‘rganish va xalqimizga yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Читать полностью »

AQShda Turkiston-Amerika assosiasiyasi milliy-madaniy markazi

Опубликовано Нозима Ташпулатова 4.04.2008

Nyu-Jersi shtatining Dover shahrida AQShdagi etnik o‘zbeklarni o‘zida birlashtirgan jamoat tashkiloti - Turkiston-Amerika assosiasiyasi (TAA) Milliy-madaniy markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Navro‘z bayrami tantanalari doirasida o‘tkazildi. Unda AQSh siyosiy va ijtimoiy-madaniy doiralari vakillari ishtirok etdi. Читать полностью »