Har bir farzand mehr va e’tiborda
Опубликовано Садыков Мурод Jamiyat, VoqealarMamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga moddiy va ma’naviy ko‘maklashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom oila, sog‘lom avlodni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2006 yil 7 sentabrda qabul qilingan «2007-2010 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim omildir.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun qulay sharoit yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday xayrli ishlarga «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jamg‘arma tomonidan tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saxovat» uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Poytaxtimizdagi «Uzbouling» markazida ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan bouling musobaqasi ana shunday xayrli ishlardan biri bo‘ldi. Unda Toshkent shahridagi maxsus maktab-internatlarda tarbiyalanuvchi ellik nafarga yaqin yigit-qiz ishtirok etdi.
Tadbirda bolalar guruhlarining musiqiy chiqishlari hamda teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi. Ishtirokchilarga Yangi yil sovg‘alari topshirildi.
O’zA

Свежие комментарии