3333333.jpgXalqimiz qadim-qadimdan o’z ajdodlarini  munosib xotirlab kelgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil  12 maydagi farmoishiga binoan, 9 may «Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vatan va xalq ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish to’g’ risida” gi qarori ham e’lon qiiindi.  Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab, atrofiga tol-terak, gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazilatlarini hotiralashgan. Yurtimizda islom dini joriy qilinishi bilan «Qurbon xayiti», «Ramazon xayiti» arafalarida marhumlar eslanib, ularning ruhiga duoi fotiha o’qilgan. Tongda qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug’, ustozlar esga olingan. Uzoq muddat sobiq mustabid davrida bunday marosimlar qoralanib kelindi, ta’qiqlandi. Istiqlol yillarida ular qayta tiklandi. Endilikda o’tgan ajdodlarimizni xotiralash va mo’tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo’yishda “Xotira va qadrlash kuni” ning nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu kun o’z mohiyati bilan boshqa bayram va an’analarimizdan farq qiladi. U odamlardan o’tgan ajdodlanrli eslashgina emas, Vatan uchun kurashda halok bo’lgan, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan kishilarning xotirasini y’od olish hamdir. Hozirgi paytda yurtimizda “Xotira va qadrlash kuni” ni nishonlash borasida talaygina ibratli ishlar qilinmoqda. Shu munosabat bilan Farg’ona Politexnika Institutida, shu yerda faoliyat olib borgan ziyolilarga atab “Xotira maydoni” bunyod etildi.   “Xotira va qadrlash kuni”, ajdod-avlodlami bir-biri bilan bog’lash, yurtdoshlarimizda mehr-shavqat,  muruvvat,  o’zligini anglash, hayotning qadriga yetish hissini kamol  toptirishda muhim  ahamiyat kasb etaveradi.