Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa, yosh iqtidor egalarining ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivali ham ushbu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. 
Namangan shahrida “Yangi avlod – 2009” festivalining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Festivalda shahar va tuman bosqichida saralangan o‘g‘il-qizlar mumtoz qo‘shiqchilik, vokal va milliy cholg‘u asboblari ijrochiligi, raqs, tasviriy va amaliy san’at, badiiy ijod yo‘nalishlarida ijodiy qobiliyati va mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Natijaga ko‘ra, 36 ishtirokchi festivalning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

O’zA