yunus.JPGHar gal ishga ketish jarayonida Yunusxonning maqbarasi yonidan o’tganimda ko’nglimda allaqandaydir o’ylar paydo bo’ladi. Yunusxonning Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning ona tomonidan bobosi ekanligini bilardim, biroq maqbaraning qurulishi haqida ma’lumotga ega emas edim. Maqbara haqida tasavvur hosil qilish uchun ayrim manbalardagi ma’lumotlarni o’qishga musharraf bo’ldim.


Yunusxon maqbarasi Temuriylar davri yodgorliklarining Toshkentdagi eng noyob va qadimiy obidalaridan biridir. U XV asrning oxirida bunyod etilgan. Yunusxon 1485-87-yillarda Toshkent hokimi bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra< u Boburning onasi Qutlug’ Nigor xonimning otasidir. Yunusxon 1434-yilda Ulug’bek tomonidan Xurosonga< Shohruh Mirzo huzuriga yuborilgan. U yerda mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiydan ta’lim olgan. 1485-yilda Toshkent shahri va viloyatini boshqargan. 1487-yilda shol kasalligi bilan vafot etgan va Shayhontohur qabristoniga dafn etilgan. Hozirgi maqbara Yunusxonning kichik o’g’li Ahmadxon tomonidan qurilgan. Bir necha bor ta’mirdan chiqarilgan. So’nggi bor 1980 va 2000 yillarda ta’mirlangan.