Beshyog’och dahasining mavzelaridan biridir. Chilonzor tumanidagi Chilonzor qabristonining tarixiy nomi “Jilon ota qabristoni ” deb yuritilgan. Qabristonda XIII asrga oid Jilon ota maqbarasi bor.
Rivoyatlarga ko’ra Jilon ota tabobatdan xabardor inson bo’lib< shifobaxsh o’simliklar, jumladan chilonjiyda (bu o’simlik qon bosimi kasalligiga davo hisoblanadi) darxtlari bilan burkangan bog’ barpo qilgan.
Xalqimizda chilonjiyda goho “Jilonjiyda” talaffuzida ham uchrab turadi. Mavzening Chilonzor deb atalishi shundan degan fikrlar bor.
 Mavzeda Chilonzor oqtepasi IV-XI asrlar arxeologiya yodgorligi ham mavjud bo’lib, Toshkentning janubiy-g’arbiy qismida Bo’zsuv kanali bo’yida joylashgan. Yodgorlikning balandligi 15 metrliktepalik bo’lib, atrofida qadimiy qishloq xarobalari joylashgan. Qazilmalar natijasiga ko’ra undagi imorat xom g’isht va paxssadan solingan qasr bo’lganligi, hamda otashparastlarning istehkomli ibodatxonasi ekanligi aniqlangan.