2.jpgO’zbekiston san’ati qadim an’analarga boy, xalqimiz azaldan nafosatni badiiy ijodni sevib ardoqlaydi. O’zbek xalqi nafaqat o’z an’analarini, balkim jahon xalqlari madaniyati va an’analarini ham o’rganishga kuchli ishtiyoq bildirib kelgan.

Tasviriy va amaliy san’atning ilk sarchashmalari xalqning teran ijodiga borib taqaladi. Ammo bu sohalarning malakali mutaxassislari bo’lib yetishish uchun shularning o’zigina kifoya qilmaydi. An’analarni o’rganmoq, yangi bilimlarni o’zlashtirish zarur.

O’zbekiston Badiiy akademiyasining Respublika rassomlik kollejida bu sohalarni egallash uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Talabalarning intilishi, saboti, o’qib o’rganishigina ularni yuksak maqsadga yetaklaydi.

Kuni kecha kollejning tarixiy teatr libos bo’limi bitiruvchi talabalarining o’zlari yaratgan liboslarini taqdim etish marosimi bo’lib o’tdi. Inson kamolotga yetishishi uchun nafaqat o’zining tarixi va an’analarini, balkim jahon tarixini, urf-odatlarini ham mukammal bilmog’i darkor. Talabalar ko’rgazmada jahon liboslari tarixiy uslubini nechog’lik o’rganganliklarini namoyon etdilar.