Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir

Опубликовано Садыков Мурод 18.03.2010

Prezident Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Bizning bugungi asosiy vazifamiz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi chuqur tus olgan bir sharoitda o‘tgan 2009 yil yakunlarini tanqidiy baholash va shu asosda 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishdan iboratdir.
Читать полностью »

O’zbekiston Yaponiya Markazida 9-Origami tanlovi

Опубликовано dilafruz 15.03.2010

400th_1.jpgO`zbekiston – Yaponiya Inson Resurslarini Rivojlantirish Markazi 2001 yildan buyon davlatimizda samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Mazkur jamoat tashkilotining maqsadi O`zbekistonda ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun xodimlarni tayorlab berish, shuningdek Yaponiya bilan qiziquvchi o`zbekistonliklarga turli xil axborot, Yaponiya madaniyati va tilini o`rgatish orqali mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamfikrlikni chuqurlashtirish va do`stlik aloqalarini rivojlantirishdan iboratdir. Читать полностью »

Qo‘li guldir o‘zbek ayolin…

Опубликовано Даврон Ахмедов 5.03.2010

1384.jpgPoytaxtimizdagi O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazma zalida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Qo‘li guldir o‘zbek ayolin…” nomli ko‘rgazma-savdo ish boshladi. 8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan ko‘rgazma “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat banki, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Читать полностью »

San’atkorlar bilan uchrashuv

Опубликовано Даврон Ахмедов 12.01.2010

Guliston shahridagi «Bolalar shaharchasi»da taniqli madaniyat va san’at namoyandalari, yozuvchi va shoirlar ishtirokida turli uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. «O‘zbekkino» milliy agentligining Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbirda poytaxtimizdan bir guruh kino san’ati ustalari ishtirok etdi. Читать полностью »

Yangi yil shodiyonalari

Опубликовано Даврон Ахмедов 29.12.2009

13101.jpgYangi yil – beg‘ubor orzu-umidlar, ezgu niyatlar ayyomi. Ushbu bayram barchaga, ayniqsa kichkintoylar uchun cheksiz quvonch va shodlik bag‘ishlaydi. Shu kunlarda poytaxtimizning bosh maydoni – Mustaqillik maydonida ulkan archa qad rostlab, bolajonlar uchun bayram tadbirlari boshlandi.  Musiqali-teatrlashtirilgan bayram tadbirlari Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va bir qator ijodiy tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Читать полностью »

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi teleoperator va yorituvchilari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi

Опубликовано Даврон Ахмедов 28.12.2009

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida Rossiya Federatsiyasining “Televidenie va radio xodimlarini malakasini oshirish instituti” Federal davlat talim muassasasining tajribali mutaxassislari jalb qilingan holda Kompaniya tizimidagi korxona va tashkilotlarning 35 nafar teleoperator va yorituvchilari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.  Читать полностью »

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov

Опубликовано Даврон Ахмедов 22.12.2009

1279.jpgO’zbek adabiyoti og’ir judolikka uchradi. O’zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli adib Odil Yoqubov shu yil 21 dekabr kuni 83 yoshida vafot etdi.  Odil Yoqubov 1926 yili xizmatchi oilasida tug’ildi. 1944 yilda o’rta maktabni tugatib, 1945-1950 yillarda harbiy xizmatni o’tadi. 1951-1956 yillarda O’rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetida tahsil oldi. Читать полностью »

Har bir farzand mehr va e’tiborda

Опубликовано Садыков Мурод 22.12.2009

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga moddiy va ma’naviy ko‘maklashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom oila, sog‘lom avlodni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2006 yil 7 sentabrda qabul qilingan «2007-2010 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim omildir.

Читать полностью »

O‘zbekiston – umumiy uyimiz

Опубликовано Даврон Ахмедов 1.12.2009

1265.jpg“O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 4-modda. Respublika Baynalmilal madaniyat markazida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kabi tashkilotlar hamkorligida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan “Istiqlol: islohotlar mohiyati, taraqqiyot va demokratiya” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Читать полностью »

Milliy kino haftaligi boshlandi

Опубликовано Садыков Мурод 1.12.2009

Poytaxtimizdagi Kinochilar uyida Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun huquqiy va tashkiliy salohiyatini rivojlantirish” qo‘shma loyihasi hamkorligida tashkil etilgan “Ayolni ulug‘lab” mavzuidagi milliy kino haftaligi boshlandi.
Читать полностью »